

"The Times" xabariga ko'ra, "hakkalar" 22 yoshli angliyalik futbolchini "Manchester Siti"ga qo'yib yuborishni istamayapti. Rahbariyat yosh himoyachini saqlab qolish va uni jamoaning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylantirish niyatida.
Eslatib o'tamiz, matbuotda Manchester klubi Livramento uchun taxminan 65 million funt taklif qilishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Tino Livramento o'tgan mavsum "Nyukasl" tarkibida Angliya chempionatida 37 o'yin o'tkazib, 1 ta golga assistentlik qilgan va 1 ta sariq kartochka olgan.



