"Nyukasl" hafta so'ngiga qadar bosh murabbiy nomini e'lon qiladi

Alisher
21 okt 2021, 11:55
"Nyukasl" xo'jayinlari hafta so'ngiga qadar jamoaning yangi bosh murabbiyini e'lon qilishmoqchi.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.

"Shaxtyor" va "Roma"da ishlagan portugaliyalik Paulu Fonseka Angliya klubida ishlashga rozilik bildirgan.

Ammo klub uni tayinlashga shoshilmayapti va boshqa mutaxassislar bilan muzokaralar olib bormoqda. Short-listda Stiven Jerrard, Frenk Lempard, Roberto Martines va Ralf Rangnik bor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano