“Nyukasl” Gomisni sotib olishdan bosh tortdi

Tolibjon Qosimov
29 iyul 2013
“Nyukasl” klubi “Lion” hujumchisi Bafetimbi Gomisni sotib olish borasida olib borayotgan muzokaralarni to'xtatishga qaror qilgan, deb xabar beradi L’Equipe.

Fransiya klubi “Nyukasl”ning oldin taklif etgan 8 mln evro miqdoridagi mablag'ini rad etgan. Shundan so'ng Angliya klubi 27-yoshli hujumchini sotib olishni istamagan va “KPR” hujumchisi Loik Remiga o'z nazarini qarata boshlagan.

Avval berilgan xabarlarga ko'ra, “Lion” Gomisni 8.6 mln funtga sotishga rozilik bergan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru