"Nyukasl" Angliya terma jamoasi himoyachisini ijaraga oladi

Alisher
30 yanv 2020, 14:04
"Nyukasl" "Tottenxem" bilan himoyachi Denni Rouz bo'yicha kelishuvga erishdi.

29 yoshli futbolchi "Nyukasl"da mavsum so'nggiga qadar ijarada to'p tepadi.

Klub esa Rouzning ijarasi uchun "shporlar"ga 2 million evro atrofida mablag' to'laydi.

Oldinroq yangragan xabarlarga ko'ra, Mourinyu va Rouz mashg'ulotlarda janjallashib qolishgan, ammo portugaliyalik mutaxassis bu mish-mishlarni rad etgan edi.

Eslatib o'tamiz, himoyachi joriy mavsum APLda 12ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph