"Nyukasl" “Anderlext”dan Mitrovichni sotib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
10 dek 2014
Angliyaning "Nyukasl" klubi qishda hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi.
Klub bosh murabbiyi Alan Pardyu yangi hujumchi qidirib o'z e'tiborini "Anderlext" vakili Aleksandar Mitrovichga qaratdi. Bu mavsumda serbiyalik hujumchi YCHL doirasidagi "Arsenal" bilan bahsda gol urishga muvaffaq bo'ldi. 3:3 hisobida yakunlangan bahsda Mitrovich "kanonirlar" darvozasida bitta to'p kiritdi.

20 yoshli futbolchining transfer narxi 20 million funt sterlingga baholanmoqda (taxminan 25,3 million evro).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: euro-football.ru