

Lionel Messining "Inter Mayami" libosidagi ilk suratlari Nyu-Yorkdagi Adidas do'konida "Kelishi imkonsiz shaxs tashrif buyurmoqda" shiori bilan birga paydo bo'ldi.
Etti karra "Oltin to'p" sohibi PSJ bilan shartnomasi yakunlangandan keyin erkin agent sifatida AQSHga ko'chib o'tadi. Nyu-Yorkning Solo shahridagi Adidas do'konida allaqachon reklama maqsadida yangi libosdagi Leo suratidan foydalanilmoqda.


Eslatib o'tamiz, Messi Devid Bekxemga tegishli bo'lgan MLS klubidagi debyutini 21 iyul kuni "Kruz Asul"ga qarshi o'tkazadi.



