Nurliboev va Guseynov "NBU-Osiyo"da

Narzulla Saydullayev
6 avg 2013
Birinchi liganing doimiy ishtirokchilaridan biri "NBU-Osiyo" ikkinchi bosqich o'yinlariga puxta tayyorgarlik ko'rmoqda.
Muxtor Qurbonov boshchiligidagi murabbiylar shtabi ayni paytda bir qator yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazmoqda. Shuningdek "bankirlar" kun-ora o'rtoqlik o'yinlarini ham tashkil etishmoqda.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, jamoa yig'iniga eng so'nggilardan bo'lib, Farrux Nurliboev va Javlon Guseynov qo'shilishgan. O'quvchilarimizga yaxshi ma'lumki, birinchi davrani "Olmaliq"da o'tkazgan Nuriliboev bundan oldin "Qizilqum" mashg'ulotlarida ham ishtirok etgandi.

Guseynov esa "Neftchi"ni tark etganidan so'ng, ma'lum muddat "Sho'rtan" yig'inida bo'lib qaytdi. Hozircha bu futbolchilarning "NBU-Osiyo"da qolishi aniq emas. Bu futbolchilardan tashqari yana ikkinchi liga jamoalaridan kelgan bir qator futbolchilar ham mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda. Jamoa rasmiylarining saytimizga ma'lum qilishicha, ertaga Toshkentda "Xorazm" bilan sinov-nazorat bahsi o'tkaziladi. Aynan ushbu o'yindan so'ng, yangi futbolchilarning taqdiriga oydinlik kiritiladi.

Islombek Rustambekov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia