Nuri Shaxin "Borussiya Dortmund"ga qaytadi, faqat...

Omonjon To`xtamirzayev
29 dek 2023, 15:45
Sobiq futbolchi nemis klubiga qaytadi va Terzichning murabbiylar shtabiga qo'shiladi

"Borussiya" klubi sobiq futbolchisi Nuri Shaxin Dortmundga qaytadi.

Ma'lum bo'lishicha, "Antalyaspor"da faoliyat olib borayotgan Shaxin Bundesliga klubida Edin Terzichga yordam beradi. 2026 yilgacha amaldagi shartnomaga qaramay, turk klubi mutaxassis bilan xayrlashganini e'lon qildi.

Eslatib o'tamiz, Shaxin "arilar" tarkibida 2005-2011, 2013-2014 va 2014-2018 yillarda to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: eurosport.de