"Istanbul Bashakshexir"ning yangi bosh murabbiyi ma'lum

Alisher Ostonov
13 sen 2025
"Borussiya Dortmund" klubi sobiq bosh murabbiyi Nuri Shaxin faoliyatini yana Turkiyada davom ettiradi.

Tajribali mutaxassis "Istanbul Bashakshexir" klubi bosh murabbiyi bo'ladi.

Tomonlar o'rtasidagi shartnomaning barcha shartlari kelishilgan.

37 yoshli mutaxassis 2021-2023 yillar davomida "Antalyaspor" klubiga ustozlik qilgan.

Eslatib o'tamiz, Istanbul jamoasi sharafini o'zbekistonlik o'yinchilar Eldor Shomurodov va Abbos Fayzullaev himoya qiladi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: ibfk.com.tr