Nuri Shahin: "1 ochkoga loyiq edik"

Оқил Абдубарноев
16 fev 2026
Turkiya Superligasida "Beshiktosh"ga 3:2 hisobida mag'lub bo'lgan "Bashakshehir" bosh murabbiyi Nuri Shahin o'yin yakunida fikr bildirdi.

"Judayam afsusdaman. Fikrimcha, o'yin durang bo'lishi kerak edi. Uchrashuv hozirgina tugadi, lekin kamida 1 ochko olishimiz kerak edi. Biz uchun yaxshi bo'lardi. Hal qiluvchi lahzalarda to'g'ri o'ynay olmadik. Shaxsiy xatoning oldini olib bo'lmaydi. Muhim lahzalarda to'g'ri qaror qabul qila olmadik. Hisobni tenglashtirishga erishgandik. O'sha paytda yaxshi hujum qildik. Haqli ravishda gol urdik. Ikkinchi bo'lim boshida o'yinni o'z foydamizga hal qilishimiz mumkin edi. 2:1 hisobidan keyin jamoam yaxshi o'ynadi.

Kerakli vaziyat to'g'ri kerak. Ayniqsa, "Beshiktosh" bilan, hammasini ipidan-ignasigacha biladigan jamoa bilan o'ynayotgan bo'lsangiz. Xatolarni o'rganishimiz kerak. Agar "Bashakshehir"ni yuqori darajaga olib chiqmoqchi bo'lsak, bunday o'yinlarda yutqazmasligimiz kerak. Mag'lubiyat saboq bo'lishi kerak", dedi 37 yoshi mutaxassis.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: hurriyet.com.tr