Nunu Eshpiritu Santu Osiyoning mashhur jamoasi bosh murabbiyiga aylandi

Eldor Akmurzayev
5 iyul 2022, 08:15
Portugaliyalik mutaxassis Nunu Eshpiritu Santu faoliyatini Osiyoda davom ettiradi.

U “Al Ittihod” (S.Arabistoni) bosh murabbiyiga aylandi. 48 yoshli Santu bilan kelishuv 2024 yil iyuniga qadar mo'ljallangan.

Nunu Eshpiritu Santuning oxirgi ish joyi “Tottenxem” bo'lgan va u qoniqarsiz natijalar tufayli o'tgan yil noyabrida iste'foga chiqarilgandi. Shuningdek, u “Riu Ave”, “Valensiya”, “Portu” hamda “Vulverxempton”da ishlagan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/ittihad_en