

“Natija o'yinning qanday kechganini ko'rsatadi: biz juda yomon o'yin namoyish qildik. O'yinni yaxshi boshladik, biroq o'zimizni qulay his etmadik. To'p bilan yaxshi muomala qila olmadik, faqatgina yarimtalik imkoniyatlar yarata oldik, xolos. Raul Ximenesning yo'qligi - katta zarba, biroq biz rivojlanishda davom etish uchun jamoaning ichidan echim topishimiz kerak”, - deydi Nunu Eshpiritu Santu.



