Nunes qaysi jamoaga o'tishni xohlayotgani ma'lum bo'ldi

Оқил Абдубарноев
22 apr 2022, 21:54
Lissabonning "Benfika" klubi hujumchisi Darvin Nunes faoliyatini qaysi jamoada davom ettirish borasida qaror qabul qildi.

Manbaning xabariga ko'ra, urugvaylik hujumchi "Manchester Siti" yoki "Atletiko Madrid"ga o'tishni xohlaydi.

Avvalroq Nunes "Manchester Yunayted"ning yozdagi asosiy transfer maqsadi ekanligi xabar qilingandi. Nunesga Londonning "Arsenal" jamoasi ham da'vogarlik qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Nunes joriy mavsum Portugaliya chempionatida 25 ta gol urdi hamda 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Record Portugal