

Uchrashuvning 53-daqiqasida myunxenliklar posboni Manuel Noyer jarohat olib, maydonni tark etdi. Uning o'rnini esa zaxira posboni Sven Ulrayx egalladi. Hozircha, Noyerning holati borasida hech narsa ma'lum emas.
33 yoshli davozabon bundan avvalroq, 2017-yil YCHLning chorak final Realga qarshi javob bahsida chap oyog'i singani bois mavsum oxirigacha safdan chiqqan edi. Shuningdek, germaniyalik futbolchi 2017-yilning sentyabrida Shalkega qarshi chempionat o'yini oldidan o'tkazilgan mashg'ulotlar jarayonida avvalgi jarohati qaytalangani tufayli 8 oy maydonga tusha olmagandi.
Shu tariqa, Noyer o'tgan yilning 19-may sanasida Germaniya Kubogining Ayntraxtga qarshi o'yini oldidan jamoa qaydnomasiga kiritilgandi.



