Noyer: "Rostov" haqida kimdir ma'lumotga ega ekanligiga ishonmayman"

26 avg 2016, 22:05
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer YCHLda guruh bosqichidagi raqiblari xususida to'xtalib o'tdi.


- To'g'risi, "Atletiko"ga qarshi kechadigan har ikkala bahsni intizorlik bilan kutyapman. Bu ikkala o'yin YCHL pley-off uchrashuvlari oldidan munosib tayyorgarlik bo'ladi.

Qiziqarli qur'a. "Rostov" haqida jamoamizdagi kimdir ma'lumotga ega ekanligiga ishonmayman. PSV jamoasini ham hisobdan chiqarmaslik lozim. Bu jamoa o'tgan mavsumda YCHLda "Atletiko"ni deyarli musobaqadan chiqarib yuborishgan edi. O'shanda penaltilar seriyasida omad "Atletiko"ga kulib boqqandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com