

"Yakshanba kuni neytral muxlisga aylanaman. Har bir jamoada men taniydigan yigitlar bor. "Shalke"da birga o'ynaganimizdan so'ng, Ivan Rakitich bilan aloqalarni uzmaganman. Korentin Tolisso - "Bavariya"dagi jamoadoshim. Ikki jamoaga yaxshi o'yin tilayman" - deydi Noyer.
Fransiya va Xorvatiya terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2018 finali 15 iyul kuni Moskvadagi "Lujniki" stadionida bo'lib o'tadi.



