Noyer "Bavariya"dagi o'yinlari soni bo'yicha Matteusdan o'tib ketdi

Mirjalol Normatov
14 yanv 2021, 13:44
"Bavariya" posboni Manuel Noyer Germaniya Kubogi 1/16 finali doirasida "Xolshtayn" jamoasiga qarshi o'yinda ishtirok etdi.

Bu posbonning myunxenliklar tarkibidagi 410-o'yini bo'ldi. Bu natijasi orqali u Matteusdan o'tib ketdi va 15-o'ringa ko'tarilib oldi.

Klubning bu boradagi rekordchisi Zepp Mayer bo'lib qolmoqda. U "Bavariya" darvozasini 661 o'yinda qo'riqlagan.

34 yoshli Noyer 2011 yildan buyon "Bavariya" tarkibida o'ynab keladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal