Noyer: "Bavariya" va "Borussiya" o'rtasidagi bahs - bu nemischa "klassiko"

Aslanov Jasurbek
21 may 2016
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer Dortmundning "Borussiya" klubiga qarshi bo'lib o'tadigan Germaniya Kubogi final uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

Bahs bugun Berlindagi "Olimpiashtadion"da Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.

"Bu nemischa "klassiko". Avval chempion bo'lganimiz hozir hech narsani hal qilmaydi. Faqat final haqida o'ylayapmiz" - deydi posbon.

"Bavariya" o'z tarixida 18 marotaba Germaniya Kubogi egasiga aylanishi mumkin, "Borussiya" esa 4 marta.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com