Noyer "Bavariya" tarkibida 300-g'alabasini qo'lga kiritdi

Mirjalol Normatov
24 okt 2021, 00:51
Germaniya chempionatining 9-turida "Bavariya" o'z maydonida "Xoffenxaym"ni yirik 4:0 hisobida mag'lub etdi.

Myunxenliklar posboni Manuel Noyer Bundesligada 447-uchrashuvini o'tkazib, 300-g'alabasini qo'lga kiritdi. Bu turnirning ikkinchi natijasi hisoblanadi.

Undan faqatgina Oliver Kan yaxshi natija qayd etgan - 310 g'alaba.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild