"Nottingem" o'z tarixidagi eng yirik transferni amalga oshirdi

Alisher
25 iyun 2022
"Nottingem" matbuot xizmati "Union" hujumchisi Tayvo Avoniyining transferini e'lon qildi.

O'yinchining shartnomasi besh yilga mo'ljallangan. Klub matbuot xizmatining yozishicha, Avoniyining transferi uchun klub rekord miqdordagi mablag'ni sarflagan. Ammo, aniq raqamlar ochiqlanmagan.

Oldinroq, Angliya klubining 24 yoshli nigeriyalik uchun 20,5 million evro to'lashi aytilgan edi.

"Union" Avoniyini "Liverpul"dan 2020 yilning sentyabrida ijaraga olgan edi, nemis klubi 2021 yilning yozida o'yinchini mersisaydliklardan xarid qildi. Hujumchi 2021/22 yilgi mavsum "Union" safida 43ta o'yinda 20ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: nottinghamforest.co.uk