“Nottingem Forest” navbatdagi transferga juda yaqin

Eldor Akmurzayev
28 avg 2022, 08:55
“Atletiko” himoyachisi Renan Lodi tez orada “Nottingem Forest” a'zosiga aylanadi.

Nikolo Skiraning xabar berishicha, inglizlar 24 yoshli braziliyalikning ijarasi uchun Madrid klubiga 5 mln evro to'laydi. Bitimga ko'ra, futbolchini 30 mln evroga to'la sotib olish bandi ham kiritilgan.

“O'rmonchilar” Lodi bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishishi qolgan.

Eslatib o'tamiz, Lodi – “Atletiko Paranaense” tarbiyalanuvchisi. U 2019 yil “matraschilar” a'zosiga aylangan va jamoa libosida 118 bahsda qatnashib, 6+11 natija ko'rsatgandi.

Avvalroq, “Nottingem Forest” yozdagi 19-transferga yaqinligi va “Vilyarreal” himoyachisi Serj Oreni erkin agent sifatida qo'lga kiritayotgani haqida xabar bergandik.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: NicoSchira