"Nottingem Forest" 17-transferga tayyorlanmoqda

Mirjalol Normatov
20 avg 2022, 22:32
"Nottingem Forest" klubi "Atalanta" himoyachisi Xans Xateburning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, "Atalanta" ham "Udineze"dan Brandon Soppi bilan shartnoma imzolaganidan keyin 28 yoshli niderlandiyalikni sotib yuborishga tayyorlanmoqda.

Xatebur 2017 yildan buyon "Atalanta" tarkibida o'ynamoqda. Bunga qadar u "Groningen"da harakat qilgan. Uning transfer summasi 13 million evro atrofida bo'lishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, bunga qadar "Vulverxempton"dan Morgan Gibbs-Uayt nottingemliklar safiga kelib qo'shilgan va u klubning yangi mavsum uchun 16-transferiga aylangandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira