

"Arsenal" va Braziliya yoshlar terma jamoasi futbolchisi Markinos Oliveyra mavsum oxiriga qadar "Norvich Siti"da o'ynaydi.
Markinos o'tgan yozda "San Paulu"dan "to'pchilar" safiga o'tgan edi. 2022/23 yilgi mavsumda Markinos "Arsenal" tarkibida barcha turnirlarda 6 ta o'yinda maydonga tushib, Yevropa Ligasi guruh bosqichi doirasidagi "Cyurix"ga qarshi kechgan bahsda (2:1) 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq Markinos "Norvich"ga o'tayotgani haqida xabar bergan edik.



