No'mon Hasanov: "Surxon"ga oliy ligaga chiqishida omad tilayman"

Narzulla Saydullayev
25 mar 2017
"Surxon" - "Qo'qon-1912" (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi No'mon Hasanov o'z fikrlarini bildirdi.
"Surxon" bizga yaxshi qarshilik ko'rsatdi. Teng kurashlar ostida o'tgan bahsda biz g'olib chiqdik. Bu yil "Surxon"ning niyati jiddiy, ularga oliy ligaga chiqishlarida omad tilayman.

Jamoamizning serbiyalik legionerlarida kichik jarohatlari bor edi. Ularni maydonga tushirsam ham bo'lardi, ammo jarohatlari og'irlashib ketmasligini istadik", - deydi No'mon Hasanov.

"Qo'qon-1912" matbuot xizmati




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia