

Bugungi o'yin muxlislarimizga manzur bo'lgani aniq. Hujumkor o'yin bo'ldi. Ikki taym to'liq ustunlikka erishdik. Lekin vaziyatlardan foydalana olmadik. Eng asosiysi g'alaba qozondik. “Obod” jamoasi kech yig'ilgani sezilib turibdi. Jamoa hali shakllanib ketishi mumkin. Filip Rayevacning o'yini qovushmagani bois, ikkinchi taym boshida uni almashtirdim. Muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Bizni tinimsiz qo'llab-quvvatlab turishgani uchun.




