

- Bugun mamlkkatimizning nomdor jamoasiga qarshi maydonga tushdik. Shunday bo'lsa-da, raqib bilan tengma-teng o'ynadik. Birinchi va ikkinchi taymda ikki xil o'yin guvohi bo'ldik.
Bugungi uchrashuvda ikki ochko yo'qotdik deb hisoblayman. Rayevac gol urganida boshqacha bo'lardi.
Bugun jamoamizdagi yo'qotishlar o'z so'zini aytdi. “Paxtakor” bilan bo'lgan bahsda turli sabablarga ko'ra bir qator yetakchi o'yinchilar xizmatidan foydalana olmadik.
Oldin aytganimdek, jamoamiz faqat muxlislar uchun o'ynaydi. Biz ularni o'zimizning chiroyli o'yinlarimiz bilan xursand qilishni maqsad qilganmiz.




