No'mon Hasanov: “Maqsadimiz faqat g'alaba qozonish edi”

Narzulla Saydullayev
9 iyul 2018
Superliga 16-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “Lokomotiv” uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz ustozi No'mon Hasanov va Javohir Sidiqovlar qatnashishdi.

No'mon Hasanov: - Bugun biz O'zbekistonning amaldagi chempioniga qarshi maydonga tushdik. Futbolchilarim kuchli raqib bilan tengma - teng kurashishdi. Bugun bizga yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmaganimiz pand berdi. Lekin uchrashuvda mag'lubiyatga loyiq emas edik. Bu futbol unda doim kutilmagan natijalar uchrab turadi. Biz durangni ushlab qolish uchun o'ynamadik. Maqsadimiz faqat g'alaba qozonish edi.

Javohir Sidiqov: - Bugun biz kuchli raqibga qarshi o'ynadik. Uchrashuvdagi natija hech bo'lmaganda durang bo'lishi kerak edi. Biroq o'yin so'nggida biroz koncentraciyani yo'qotdik. Buning uchun raqiblarimiz bizni jazolashdi. Keyingi o'yinlarga yanada jiddiy hozirlik ko'ramiz. Muxlislarimizdan bugungi mag'lubiyat uchun uzr so'rayman.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz