

Bugun "Paxtakor" muxlislaridan xafa bo'ldim. Yutqazib turgan paytimiz orqamizda o'tirib aytmagan gaplari qolmadi. Jamoani har qanday vaziyatda qo'llab turishlaringizni istardim. Birinchi golni urib olganimizdan keyin "endik", - deydi Hasanov.
- Pardaevni nima uchun ko'p hollarda zaxirada olib o'tiryapsizlar?
- Bunday o'yinchilar raqib toliqqan paytda juda as kotadi. Jaloliddin va Bahodir bunga tayyor edilar. Murod ham o'yinni kuchaytira oldi.
- Nima uchun dastlabki bo'limda o'yin qovushmadi, yoki "Metallurg"ga jiddiy e'tibor bermagan edinglarmi?
- Unday emas, shunchaki toliqish sezilyapti. Bir tarkib bilan o'ynashni o'ziga xos qiyinchiliklari bor.
- Keyingi raqib "Neftchi", chap qanotda Merzlyakovning yo'qligi bilinyapti...
- Bu o'yinga u tayer bo'ladimi yoki yo'q buni vaqt ko'rsatadi, lekin shunisi ma'lumki "Neftchi" bilan o'yin qiziq bo'ladi.


