Noyer: Kuchli uchlikka kirganimning o'zidan xursandman

Narzulla Saydullayev
22 dek 2014, 08:31
Bavariya va Germaniya terma jamoasi posboni Manuel Noyer Oltin to'pni yutishni orzu qilayotganini ma'lum qildi.
– Siz 12 yanvarda Jahonning eng kuchli futbolchisi uchun sovrinni qabul qilib olishni orzu qilayapsizmi?

– Agar shunday bo'lsa ajoyib ish bo'lardi. Nima bo'lganda ham kuchli uchlikka kirganimning o'zidan xursandman, – deydi Noyer.

Eslatib o'tamiz, Noyyerdan tashqari Oltin to'pga Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi da'vogarlik qilishmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru