Noil Gubanov : “Hokim kubogi” turniri biz uchun katta maktab bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
8 fev 2017, 10:49
Farg'onada yakunlangan “Hokim kubogi ” turnirida , birinchi liganing yangi vakili Farg'onaning “Istiqlol” jamoasi , Qo'qonning “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi maydonga chiqdi.

Oliy liga vakilining g'alabasi bilan yakunlangan uchrashuvdan so'ng “Istiqlol” bosh murabbiyi Noil Gubanov  o'z fikrlarini quyidagicha bayon qildi.

-Bu turnir biz uchun juda katta maktab bo'ldi.  Yangi tuzilgan jamoa uchun oliy liga vakillari qatnashgan turnirda finalgacha kelish menimcha juda yaxshi natija. Futbolchilarimiz bugun qo'llaridan kelgancha Qo'qon jamoasiga qarshilik qilishdi. Lekin baribir tajriba o'z so'zini aytdi deb o'ylayman. “Qo'qon-1912” juda kuchli jamoa . Bu jamoaga qarshi o'yindan futbolchilarimiz yaxshigina tajriba  orttirishdi. 

Bu turnirni tashkilotchilariga , shaxsan viloyatimiz hokimigi o'z minnatdorchiligimni izhor qilaman. Shuningdek bizni qo'llab turgan rahbariyatimizga ham katta raxmat aytaman. 

Biz bu yil birinchi marta birinchi ligada ishtirok etamiz. Uy uchrashuvlarimizni muhtasham “Istiqlol” stadionida o'tkazamiz. Xozircha  barcha sharoitlarimiz ko'ngildagidek. Maqsadimiz chempionatda munosib ishtirok etish.

                 Akramjon Mamadaliev suhbatlashdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: kokand1912.uz