Nodirxo'ja Yuldashev: "Abduqodir Husanov shu kunlarda Zidanning yurtiga uchib ketadi"

Aslanov Jasurbek
15 iyul 2023, 19:01
O'zbekiston milliy terma jamoasi va Belarusning "Energetik-BGU" klubi himoyachisi Abduqodir Husanov tez orada Fransiyaga uchib ketadi.

Oldinroq, Championat.asia Husanovni "Lans"ga o'tishi mumkinligi haqida e'lon qilgan edi. Sayt asoschilaridan biri Nodirxo'ja Yuldashevning ma'lum qilishicha, Abduqodir Husanov shu kunlarda Fransiyaga uchib ketadi.


"Abduqodir Husanovga oid 2 kunlik sukunatni buzaman. 

Hujjatli ishlar hal bo'lib, kecha u agenti bilan viza olish uchun Fransiya elchixonasida bo'ldi. 

Nasib qilsa, shu kunlarda viza chiqadi va u birinchi reys bilan tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Zidanning yurtiga uchib ketadi" - deyiladi Nodirxo'ja Yuldashevning kanalida chiqqan postda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia