Nodirbek To'ychiev PFL rahbari bilan uchrashdi

Nadirkhuja Yuldashev
8 sen 2014, 14:06
So'nggi kunlarda Andijon futbolida orqaga ketish yaqqol ko'zga tashlanib qoldi.
Bu masalaga barham berish maqsadida jamoa muxlislarining faollaridan biri Nodirbek To'ychiev bugun PFL binosida bo'ldi.

Uchrashuvda shu narsa ma'lum bo'ldiki, 12 sentyabr kuni, agar rejalar o'zgarmasa, O'FF prezidenti Mirabror Zufarovich Andijonga tashrif buyuradi.

"Usmonovning "Navbahor"ga bergan yordamidan butun vodiy mamnun bo'ldi. Endi navbat Andijonimizga kelib turganidan xursand bo'lib turibmiz. Ishqilib, bizning klub ishlari ham yurishib ketsin", - deydi muxlislar klubining faoli.

Bizga ma'lum bo'lishicha, bugun bir qator andijonlik muxlislar O'zbekiston -  Yangi Zelandiya o'yinini ham tomosha qilishadi.

"Avvalgi o'yin shunchalik zerikarli bo'ldiki, xafa bo'lib ketdik. Do'stimiz Abdurahmon Fozilovni yo'qligi bilindi. Shunda, andijonliklarga ketdik deb, bugun o'yinga kelaverdik. Bir tomondan O'FFni targ'ibotiga ham qoyil qolmadim. Terma jamoa o'ynayapti-yu, hech qayerda targ'ibot ishlari yo'q. Bu bilan qanday qilib stadionga odam to'plash mumkin, hayronman", - deydi To'ychiev.

Bugun ofisimizda mehmon bo'lgan "Andijon" fan klubining sardori bilan o'tkazilgan eksklyuziv intervyuni ertaga saytimizda o'qishingiz mumkin bo'ladi.


Nodirxo'ja Yuldashev

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia