Nodir Eliboev: "Bahs boshidagi layoqatsizligimiz butun o'yinga ta’sir qildi"

Sherzod Nurmatov
16 sen 2022, 15:40
O'zbekiston futzal terma jamoasi kecha Iroqqa qarshi ikkinchi o'rtoqlik o'yinida ishtirok etdi.

Mehmonlarning 2:0 hisobidagi g'alabasidan so'ng terma jamoamiz yordamchi murabbiyi Nodir Eliboev fikrlarini bildirdi. 

- Terma jamoamizda ko'plab vaziyatlar bo'ldi, lekin ulardan foydalanishda oqsash kuzatildi. Shuni evazigami yoki omad kelmagani tufaylimi Iroqqa yutqazdik. Bu bo'yicha nima deya olasiz?

- Omad kelmadi demagan bo'lardim. O'yinni juda yomon boshladik. Eng asosiysi, yigitlarimiz raqibga nisbatan hurmatsizlik qilib maydonga tushishdi, yani 100 foiz yutamiz deb o'ylashdi. Bu – sport. Uni aldab bo'lmaydi. Bahs boshidagi layoqatsizligimiz butun o'yinga ta’sir qildi. 2 ta to'p o'tkazib yuborganimizdan keyin faqat hujum qildik, lekin qayta tiklanib olish qiyin bo'ldi. Ko'plab golli vaziyatlarni ko'kka sovurdik, shuni evaziga yana asabiylashdik. O'ylaymanki, bu yaxshilikka. Bundan xulosa chiqaramiz. 

- Iroqda eronlik murabbiy ishlamoqda. O'zingiz ham ko'p marta iroqliklarga qarshi to'p tepgansiz. Hozirgi termada eronlik murabbiy ishlayotgani ta’siri sezildimi?

- Albatta. Yaxshi murabbiyni jalb qilishgan. Ishi sezilmoqda. O'yinida mazmun bor. Iroq terma jamoasiga Osiyo chempionatida omad tilab qolgan bo'lardim.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia