Nketia erkin agent maqomida "Arsenal"dan ketishi mumkin

Alisher
16 noya 2021, 11:47
"Arsenal" hujumchisi Edvard Nketia klubdan ketishi mumkin.

O'yinchining "kanonirlar" bilan shartnomasi joriy mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan. Shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

Nketia yangi klubiga o'tishi borasida qishdayoq muzokaralarni boshlashi mumkin. U ko'proq o'yin amaliyoti olishni xohlaydi.

Nketia joriy mavsum "Arsenal" safida liga Kubogida 2ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports