Nivaldo: Zob Ahandan ilk o'yindagi mag'lubiyat alamini olishga urinamiz

4 apr 2018, 01:31
Lokomotiv Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 5-tur o'yinlari doirasida Al Vahdani 4:1 hisobida taslim etdi.

Uchrashuvdan so'ng temiryo'lchilar jamoasi a'zosi Nivaldo klub rasmiy saytiga o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Lokomotiv Al Vahda ustidan haqli ravishda g'alaba qozondi. Zero biz ushbu uchrashuvda raqibdan ko'ra mazmunliroq o'ynadik. Aksariyat hujumlarimizni muvaffaqiyatli yakunlay oldik va 4 marta raqib darvozasini ishg'ol etdik. Bundan juda ham xursandmiz. Guruhimizdagi yana bir uchrashuvda Duhail Zob Ahanni mag'lub etdi. Bu esa Toshkentda o'tadigan so'nggi tur bellashuvi juda murosasiz ko'rinish olishini anglatadi. Biz Eron klubidan ilk o'yindagi mag'lubiyat alamini olishga urinamiz. Ishonchim komil, agar guruhdan chiqsak qita chempionlar ligasida ancha jiddiy natijalar qayd etishga kuchimiz etadi. Eng muhimi guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab olishimiz zarur, - dedi tajribali futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Manba: lokomotiv.uz