

"Marca" xabariga ko'ra, yig'ilishdan keyin klub rahbariyati Messiga faks orqali uni klubda olib qolish reja qilinayotganligini, Bartomeu yaqin vaqtlar ichida iste'foga chiqishini yozishgan.
Aynan Bartomeu hujumchining klubdan ketishini istayotgandi. Biroq yaqin vaqtlar ichida klubda saylov bo'ladi va unda klub prezidenti o'zgarishi kutilmoqda. Chunki Bartomeu prezidentlikka nomzodini qo'ymoqchi emas.
Yana bir muammoli tomon bor, Messi ketish uchun astoydil harakat qilmoqda. Aslida uning ketishiga sabab Bartomeu bo'layotgandi. Balki prezidentning ketishi Leoning qolishiga sabab bo'lishi ham mumkin.
Vaziyatni kuzatib boramiz. Ertaga iste'fo va Messining ketmasligi e'lon qilinishi mumkin.



