Nima? Messi PSJ mashg'ulotlaridan chetlatildi

Mirjalol Normatov
3 may 2023, 00:10
PSJ rahbariyati hujumchi Leo Messini jamoa bilan birga mehnat qilishdan vaqtincha chetlatdi.

Futbolchi chempionat doirasida "Loryan"dan (1:3) uchralgan mag'lubiyatdan keyin Saudiya Arabistoniga jo'nab ketgan. Aslida unga bunday vakolat jamoa durang o'ynasa yoki g'alaba qozonsagina berilgandi.

"RMC Sport" xabariga ko'ra, klub 35 yoshli futbolchini ikki haftaga jamoa mashg'ulotlaridan chetlatgan. Rahbariyatdagilar Messini qo'pol xatoga yo'l qo'ygan deb hisoblashgan.

Shu sababli argentinalik futbolchi 7 may kuni "Trua" hamda 13 maydagi "Ayachcho"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal