Nikolo Skira Xamesning qaysi jamoaga o'tishini aytdi

Mirjalol Normatov
12 apr 2020, 15:49
"Real" futbolchisi Xames Rodriges faoliyatini "Everton"da davom ettiradi.

Uning transferini Karlo Anchelottining o'zi istamoqda.

"Everton" yozda Xames bilan shartnoma imzolamoqchi. Futbolchining o'zi ham "Gudison Park"da Anchelotti bilan birga ishlashga qarshi emas", - deb yozadi jurnalist Nikolo Skira.

28 yoshli Xames "Real" tarkibida ushbu mavsumda 13 o'yinda 1 gol va 2 assistentlik qayd etdi.

Uning transfer narxi 40 mln evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport