Nikolo Skira: Eldor Shomurodov "Roma"ga o'tishga yaqin

Alisher
28 iyul 2021, 16:51
"Jenoa"ning o'zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini "Roma"da davom ettirishga yaqin.

Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira o'z twitter sahifasida xabar bermoqda.

Oldinroq, Football Italia "Roma" Shomurodov uchun 15 mln evro taklif qilgani, ammo "Jenoa" 20 mln evro talab qilayotgani haqida xabar bergan edi.

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi o'tgan mavsum A Seriyadagi debyut mavsumida 31ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 1ta assist qayd etdi.

[instagram]

[/instagram]

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira