

"Umuman olganda shunday shiddatli o'yin kutgan edik. Shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Raqib to'p bilan yaxshi muomala qildi. Bizda hujumga o'tish biroz qiyin kechdi. Shu bois vaziyatlarimizdan foydalanishimiz lozim edi. Yigitlar borlarini berishdi. Ularga g'alaba uchun rahmat aytaman. AGMK turnir jadvalida pastda. Lekin yana ko'tarilishiga shubham yo'q. "Qizilqum" esa oldinga intilishda, harakat qilishda davom etadi.
Islom Kenjaboev shaxsiy muammolari tufayli bugun qaydnomaga kirmadi. Bu haqida gapirmoqchi emasman. U mavsum oxirigacha maydonga tushmasa kerak",- deydi Lazarevich.



