Nike va Eron terma jamoasi o'rtasida kelishmovchilik

Aslanov Jasurbek
15 iyun 2018
Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush Nike kompaniyasidan uzr so'rashni talab qildi.

Bunga sabab Amerika kompaniyasi eronliklarni butsa bilan taminlashni istamadi.

NIke o'z bayonotida AQSH Eronga nisbatan sankciyalar e'lon qilgani tufayli jahon chempionatida eronlik futbolchilarga butsa etkazib bera olmasligini ma'lum qildi.

Keyrush bu borada FIFAga murojaat qildi:

"Nike kechirim so'rashi kerak, chunki ularning 23 eronlikka nisbatan o'zini bunday tutishi kulgili va bunga asos yo'q".


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Meduza