Nike "Spartak" bilan hamkorlikni to'xtatdi

Alisher
12 may 2022, 16:04
Nike kompaniyasi Moskvaning "Spartak" klubi bilan hamkorlikni to'xtatdi.

Bu haqda "qizil-oqlar" rasmiy sayti xabar bermoqda.

"Nike" kompaniyasi "Spartak" FKni UEFA qaroriga ko'ra kelasi mavsumda ishtirok eta olmasligi sabab homiylik shartnomasini bekor qilishi haqida xabar qildi. "Spartak" tijorat bo'limi rahbariyati yangi ekipirovkalar etkazib beruvchi izlash bo'yicha ish olib bormoqda", - deyiladi klub xabarida.

Eslatib o'tamiz, Nike 2005 yildan beri "Spartak" texnik homiysi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: spartak.com