Nihoyat! "Liverpul" Koutinoni sotishga rozi bo'ldi

Narzulla Saydullayev
30 avg 2017, 09:55
"Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutino baribir "Barselona"ga o'tadi shekilli.

"Qizillar" rahbariyati Koutinoga Barselonaga ketayotganini ma'lum qilgan. Bu haqda Yahoo Sports nashri xabar berdi.

"Liverpul" va "Barselona" 25 yoshli futbolchining transferini 160 million evroga kelishib olishgan.

Agar bu transfer amalga oshsa, Koutino "Barselona" tarixidagi eng qimmat xarid bo'ladi.

Yaqindagina "Barselona" Usmon Dembeleni 105 million evroga sotib olgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Yahoo Sports