Nihoyat, Jerrard milliy chempionatda zafar quchdi!

Stiven Jerrard boshchiligidagi "Reynjers" muddatidan oldin Shotlandiya chempioniga aylandi.

E'tiborli jihati shundaki, Angliya futbolining afsonasi o'yinchilik va murabbiylik faoliyatida ilk bor milliy birinchiliklarda g'alaba qozondi. U "Liverpul" libosida 17 yil to'p tepib, APLni yuta olmagan edi. Stivi Ji milliy chempionatlardagi 1-chempionligini 40 yoshida qo'lga kiritdi.

Ma'lumot uchun, Jerrardning hisobida bunga qadar Angliya kubogi, liga kubogi va superkubogi, shuningdek, UEFA kubogi, Chempionlar Ligasi va superkubogi bor edi.

Jerrardning shogirdlari "Seltik"ning 9 yillik seriyasiga nuqta qo'yib, Shotlandiya chempioniga aylandi        


Manba: championat.asia