Niderlandiyaning asosiy tarkib futbolchisi Evro-2024da ishtirok etmaydi

Aslanov Jasurbek
11 iyun 2024, 02:23
Frenki De Yong bir necha kundan so'ng Germaniya maydonlarida boshlanadigan Evro-2024da ishtirok etmaydi.

Bu haqda Niderlandiya terma jamoasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, yarim himoyachi jarohat tufayli turnirda qatnasha olmaydi. U oxirgi kunlarda milliy jamoa safida mashg'ulot o'tkazgan bo'lsada, tiklanish jarayoni juda sekin ketmoqda.

Milliy jamoa bosh murabbiyi Ronald Kuman De Yongga birinchi o'yinni o'tkazib yuborishga ruxsat bermoqchi edi, biroq bu etarli bo'lmaydi.

Endi futbolchi "Barselona"ga qaytib, yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rishni boshlaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Voetbal International