Niderlandiyada yirik transfer: "Ayaks" "Feyenoord" sardorini xarid qildi

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2021, 19:33
"Ayaks" "Feyenoord" hujumchisi Stiven Bergeys transferini hal etdi.

Amstyerdam klubi 29 yoshli futbolchi uchun 5,5 million evro to'laydi va 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzadi.

Vinger Rottyerdam jamoasida 199 o'yinda 87 ta gol urgan va 64 ta assist qayd etgan. U "Feyenoord" sardori edi.

Eslatib o'tamiz, "Ayaks" "Feyenoord"ning azaliy raqibi sanaladi. Ularning to'qnashuvi "De Klassiker" deb ataladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: dutchnews.nl