Niderlandiya termasi darvozaboni: "Messi biz kabi inson. U ham xatolarga yo'l qo'yishi mumkin – buni JCH boshida ko'rdik"

Sherzod Nurmatov
8 dek 2022, 13:59
Niderlandiya terma jamoasi darvozaboni Andris Noppert Leo Messi tepgan penaltini to'sishga tayyorligini aytdi.


"Men Messiga qarshi o'ynashga va uning penaltisini qaytarishga tayyorman. U ham xato qilishi mumkin, buni turnir boshida ko'rdik. U doim bir oyog'ida tepadi. U ham biz kabi inson.

Biz eng yaxshi himoyachilarga egamiz. Bo'lajak o'yin meni tashvishga solayotgani yo'q. Maqsadim – sovrin yutish. Buning uchun esa kurashamiz", – dedi Niderlandiya MTJ va "Xerenven" posboni.

JCH chorak finalidan o'rin olgan Niderlandiya – Argentina uchrashuvi ertaga bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato