

Ushbu natija orqali Niderlandiya o'z guruhida birinchi o'rinni egallab mundial yo'llanmasini naqd qildi.

Shunday qilib, Niderlandiya terma jamoasi JCH yo'llanmasiga ega chiqqan 12-jamoaga aylandi.
Bunga qadar, Xorvatiya, Germaniya, Daniya, Braziliya, Belgiya, Fransiya, Ispaniya, Serbiya, Angliya va Shveytsariya masalani ijobiy hal qilib ulgurishgandi. Qatar esa mezbon sifatida mundialda qatnashadi.




