Ngolo Kante futbol klubi sotib oldi

Оқил Абдубарноев
29 iyun 2023, 22:57
"Chelsi" sobiq yarim himoyachisi 1 iyuldan boshlab jamoani boshqarishi mumkin.

Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Ngolo Kante Belgiyaning 3-divizioni vakili "Ekselsior Virton"ni sotib oldi. U birinchi iyuldan o'z lavozimiga kirishadi.

Yangi mavsumda klub Belgiya chempionatining uchinchi divizionida ishtirok etadi, jamoa 2022/23 yilgi mavsum yakunida ikkinchi ligadan tushib ketdi.

Eslatib o'tamiz, iyun oyida Kante "Chelsi" bilan shartnomasi yakunlanganidan keyin Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubiga o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/JacobsBen