Neymarning otasi - o'g'liga: "Bundan afsuslanasan demaganmidim"

Mirjalol Normatov
30 iyun 2019
PSJ hujumchisi Neymarning otasi Neymar da Silva o'g'lining Fransiya jamoasiga ko'chib o'tishiga qarshi bo'lgan ekan.

"Bundan afsuslanasan demaganmidim", - dedi ota o'z o'g'liga.

Neymar 2017 yilda 222 million evro evaziga PSJga ko'chib o'tgandi. O'sha vaqtdan buyon u jamoa tarkibida 57 o'yinda 52 gol kiritdi va 31 golga assistentlik qildi.

Oldinroq Neymarning "Barselona"ga qaytishi borasida ma'lumotlar berilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo